RAG
RAG (Retrieval-Augmented Generation) - AI ning "yodidan" javob berish o'rniga, avval ishonchli manbadan (kompaniya hujjatlari, qonunlar bazasi va h.k.) tegishli parchani qidirib topishi, so'ng aynan shu parcha asosida javob yozishi. Bu Hallucination xavfini kamaytiradi, chunki AI to'qimaydi - haqiqiy manbadan foydalanadi. Ko'plab kompaniya ichki yordamchi-botlari aynan shu tarzda ishlaydi.