Meta-prompting
Meta-prompting - vazifa notanish yoki murakkab bo'lganda foydali usul. Qanday Rol yoki Kontekst kerakligini o'zingiz bilmasangiz, avval AI ga "menga bu vazifa uchun qanday ma'lumot kerakligini so'ra" deb topshiriq berasiz. AI aniqlashtiruvchi savollar beradi yoki tayyor prompt taklif qiladi, shundan keyingina asosiy vazifa uchun to'liq prompt yozasiz.