Knowledge cutoff

Har bir AI modeli ma'lum bir sanagacha to'plangan ma'lumot asosida o'qitiladi - bu sana Knowledge cutoff deb ataladi. Shu sanadan keyin sodir bo'lgan voqealar, yangi mahsulotlar yoki statistikalar haqida AI odatda bilmaydi (agar u internetdan qidirish imkoniyatiga ega bo'lmasa - qarang: Deep Research). Yangi voqealar haqida so'raganda AI xato yoki eski ma'lumot berishi mumkinligini shu bilan izohlash mumkin.