Debug
Debug qilish - detektiv ishiga o'xshaydi: xatoning belgilarini (masalan xato xabari yoki noto'g'ri natija) ko'rib, sabab qayerda ekanini qadam-baqadam qidirib topasiz. AI coding agentlar ko'pincha xato xabarini o'qib, sababini o'zi taxmin qiladi va tuzatish taklif qiladi - lekin ba'zan aniq qadamlarni qayta ko'rsatib berish (masalan xato matnini to'liq nusxalab yuborish) tezroq yechimga olib keladi.