API

API (Application Programming Interface) - dasturlar orasidagi "muloqot qoidasi". ChatGPT yoki Claude'ning veb-saytidan foydalanish o'rniga, dasturchilar API orqali to'g'ridan-to'g'ri modelga murojaat qilib, o'z ilovalariga AI qo'shishlari mumkin. Kirish uchun odatda maxsus, shaxsiy "API kalit" kerak bo'ladi - uni hech kimga oshkor qilmaslik kerak, chunki u orqali sizning hisobingizdan foydalanish mumkin.